Marketing (2025) · pp. 447-453
YASHIL BIZNES MODELIDA REKLAMA INNOVATSIYALARINING ROLI
Karimova Nafisabonu Djamshidovna
Abstract
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida shakllanayotgan biznes modellarda reklama innovatsiyalarining oʻrni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi reklama strategiyalarining shakllanishi, ekologik qadriyatlarni aks ettiruvchi kommunikatsion yondashuvlar hamda raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan innovatsion reklama vositalarining samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, yashil biznes konsepsiyasi doirasida chakana savdo korxonalarining ekologik imijini mustahkamlash, isteʼmolchilarda masʼuliyatli xarid xulqini shakllantirish va brend raqobatbardoshligini oshirishdagi reklama faoliyatining strategik ahamiyati tahlil etiladi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.