Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 5-нөмір (2026) · 846-849-беттер
MILLIY VA XORIJIY ONA TILI DARSLIKLARIDA MAQOLLARNI OʻQITISH: OʻZBEKISTON VA ANGLIYA 5-SINF TAJRIBASI ASOSIDA QIYOSIY TAHLIL
Turgunova, Rano, Тургунова, Рано, Turgunova, Rano
Аңдатпа
Ushbu maqolada Oʻzbekiston va Angliya umumta’lim maktablarining 5-sinf ona tili darsliklarida maqollarni oʻqitish metodikasi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda har ikki mamlakat darsliklaridan maqollar bobidan bitta boʻlim tanlanib, topshiriqlar mazmuni, pedagogik yondashuv va tarbiyaviy vazifalar solishtiriladi. Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston darsliklarida maqollar asosan milliy qadriyatlar, axloqiy tarbiya va jamoaviylik prinsiplariga yoʻnaltirilgan boʻlsa, Angliya darsliklarida oʻquvchilarning mustaqil fikrlashi, shaxsiy tajribaga tayangan holda izoh berishi va ijodiy yondashuvi ustuvordir. Shuningdek, xorijiy darsliklardagi ayrim topshiriqlarni milliy ta’lim tizimiga toʻliq tatbiq etishning amaliy jihatlari cheklanganligi ilmiy asosda yoritiladi.
ona tili darsligi, maqollar, qiyosiy tahlil, Angliya ta’limi, milliy mentalitet.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.