Хорижий лингвистика ва лингводидактика Том 4 № 5 (2026) · с. 917-923
O‘ZBEK TILIDA MUHABBATNI IFODALOVCHI LEKSIK BIRLIKLARNING VERBALLASHUVI
Mamirov, Akbar, Мамиров, Акбар, Mamirov, Akbar
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek tilida muhabbat izhorini ifodalovchi leksik birliklarning verballashuvi jarayoni tahlil qilinadi. Tilshunoslikda verballashuv tushunchasi insonning ichki kechinmalari, tuyg‘ulari va ijtimoiy-madaniy qadriyatlari nutqiy shaklga o‘tishi, ya’ni lingvistik ifodaga ega bo‘lishi jarayoni sifatida izohlanadi. Muhabbat konsepti milliy til va madaniyatda muhim kommunikativ hodisa bo‘lib, unda turli leksik vositalar — erkalash so‘zlari, murojaat shakllari, metaforik iboralar va frazeologizmlar faol qo‘llanadi. Ushbu maqolada asosan badiiy matnlar va hikmatli so‘zlardan na’munalar olinib, keltirilgan misollarda muhabbat izhorini voqealantiruvchi leksik birliklar tahlil qilinadi.
muhabbat izhorimuhabbatsevgiishqko‘ngiloshiqpragmatikakonseptleksik birlik
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.