Хорижий лингвистика ва лингводидактика Том 4 № 5 (2026) · с. 631-639
NAIM KARIMOV ILMIY TALQINIDA OYBEK IJODIY LABORATORIYASINING BIOGRAFIK ASOSLARI
Kuchimova, Nilufar, Кучимова, Нилуфар, Kuchimova, Nilufar
Аннотация
Ushbu maqolada Oybek ijodiy laboratoriyasining o‘ziga xos jihatlari Naim Karimovning ilmiy talqinlari asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotda adibning mutolaa madaniyati, ijodiy tafakkuri, kompozitsion rejalashtirish tamoyillari, tarixiy obraz yaratish mahorati, ijodiy konsentratsiyasi hamda badiiy tasavvur mexanizmlari biografik metod nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Maqolaning metodologik asosini Naim Karimovning Oybek, Oybek va Zarifa asarlari hamda Zarifa Saidnosirovaning Oybegim mening xotiralari tashkil etadi. Tadqiqot natijasida Oybek ijodiy laboratoriyasi uzluksiz mutolaa, chuqur badiiy mushohada, kompozitsion tafakkur, ruhiy konsentratsiya va ijodiy muhit uyg‘unligida shakllangan murakkab tizim ekani aniqlanadi. Shuningdek, Naim Karimovning biografik yondashuvi yozuvchi ijodining ichki mexanizmlarini ochishda muhim ilmiy imkoniyatlarga ega ekani asoslanadi.
Oybek, Naim Karimov, ijodiy laboratoriya, biografik metod, mutolaa madaniyati, badiiy tafakkur, kompozitsion tafakkur, tarixiy obraz, ijodiy konsentratsiya, Zarifa Saidnosirova.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.