Хорижий лингвистика ва лингводидактика Том 4 № 5 (2026) · с. 810-817
“SHUM BOLA” QISSASIDA UCHRAYDIGAN KISHILARGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN LEKSEMALARNING SEMANTIK TAHLILI
Shukurova, Oysha, Шукурова, Ойша, Shukurova, Oysha
Аннотация
Ushbu maqolada Shum bola asarida kishilarga nisbatan qo‘llanilgan leksemalarning semantik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida yo‘lboshchi, birodar, beva, meshkob, xo‘shmo‘ylov, nuroniy, pahlavon, mug‘ombir, juvonmarg, bekorchi, murid, qarag‘im, kamina, olomon kabi leksemalarning lug‘aviy va kontekstual ma’nolari ochib berildi. Tadqiqotda insonni ifodalovchi leksemalar ijtimoiy maqom, yosh, qarindoshlik, kasb-hunar, tashqi ko‘rinish, ruhiy-emotsional holat hamda xarakter-xususiyat semalari bo‘yicha tasniflanadi. Shuningdek, ushbu birliklarning qahramon xarakterini yaratish, ijtimoiy muhitni ifodalash hamda muallifning baholovchi munosabatini aks ettirishdagi o‘rni yoritildi. Tadqiqot natijasida kishi nomlovchi leksemalar asarning badiiy-estetik ta’sirchanligini oshiruvchi muhim semantik vositalardan biri ekanligi aniqlandi.
Shum bola, semantika, leksema, kishi nomlovchi leksemalar, leksik semantika, pragmatika, badiiy matn, semantik tahlil, kontekstual ma’no, emotsional-ekspressiv birliklar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.