Marketing (2025) · pp. 554-560
INNOVATSIYALARNING AHAMIYATI VA ULARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINING OʻZBEKISTON QISHLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHDAGI ROLI
Rustamov Umidjon Xayitboyevich, Ibrohimov Boburmirzo Baxtiyor oʻgʻli
Abstract
Ushbu maqola Oʻzbekistonda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash samaradorligini oshirishda innovatsion yechimlarning ahamiyatini tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolada innovatsion rivojlanishning nazariy asoslari ochib beriladi, qayta ishlash sohasini modernizatsiya qilish imkoniyatlari va mavjud toʻsiqlar koʻrib chiqiladi. Tadqiqot statistik maʼlumotlarni kompleks tahlil qilish, innovatsion va raqamli texnologiyalarni (avtomatlashtirish, energiya tejamkor texnologiyalar, sifat nazorati va agrologistika) joriy etish boʻyicha muvaffaqiyatli tajribalarni oʻrganish asosida amalga oshirilgan. Innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi baholanib, rentabellikning oshishi, yoʻqotishlarning kamayishi, eksport salohiyati va bandlikning oshishi taʼkidlanadi. Maqola natijalari agrosanoat majmuasini barqaror rivojlantirish uchun tizimli yondashuv va tarmoqlararo hamkorlik zarurligini koʻrsatadi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.