Marketing (2025) · pp. 593-599
OʻZBEKISTON IQTISODIYOTIDA IQTISODIY OʻSISH OMILLARINI TAHLIL QILISH
Ibrohimov Boburmirzo Baxtiyor oʻgʻli
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston iqtisodiyotida iqtisodiy oʻsish jarayonini belgilovchi asosiy omillar tizimli tahlil qilinadi. Iqtisodiy oʻsish mamlakatning ijtimoiy farovonligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda investitsion faollikni ragʻbatlantirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda mehnat resurslari, kapital qoʻyilmalar, texnologik innovatsiyalar, tashqi savdo balansi va davlatning iqtisodiy siyosati kabi tarkibiy omillar oʻsishning bosh manbalari sifatida koʻrib chiqiladi. Maqolada shuningdek, iqtisodiy oʻsishning sifat jihatlari — innovatsion rivojlanish, raqamli transformatsiya, xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Natijada, iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta’minlash uchun institutsional islohotlarni chuqurlashtirish, inson kapitaliga sarmoya kiritish va innovatsion infratuzilmani kengaytirish zarurligi ilmiy asosda isbotlanadi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.