Marketing (2025) · pp. 600-607
METAKOGNITIV OʻQITISHNING OBYEKTIV ZARURLIGI VA ULARNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Farmonov Dilshod Poʻlatovich
Abstract
Ushbu maqolada metakognitiv va tanqidiy fikrlash tushunchalari va ahamiyati haqida soʻz boradi hamda psixologiya va oʻqish jarayonlarini yutuqlariga taʼsirini tavsiflaydi. Birinchi maqsad sifatida mumtoz va hozirgi adabiyotlar asosida metakognitiv va tanqidiy fikrlash jarayonlarini tushuntirish haqida soʻz yuritiladi. Ikkinchidan, oʻqituvchilar dars jarayonlarida har bir turdagi fikrlashni rivojlantirish uchun ragʻbatlantirish boʻyicha baʼzi didaktik harakatlar taklif etiladi. Koʻrib chiqish va mulohaza yuritish natijasida, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, oʻqitish va oʻqish jarayonlarini samaraliroq tashkil etish muhimligi xulosasiga kelinadi, chunki oʻquvchi bilim va koʻnikmalarni shakllantirishda faol rolga ega boʻladi va mustaqillikni oʻzlashtirib oladi, bu inson rivojlanishining turli sohalarini qamrab oladi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.