Marketing (2025) · 704-713-беттер
SANOAT KORXONALARIDA TEJAMKOR ISHLAB CHIQARISH TIZIMI ASOSIDA YOʻQOTISHLARNI KAMAYTIRISH ORQALI IQTISODIY NATIJADORLIKNI OSHIRISH
Esheva Sarvinoz Axmatovna
Аңдатпа
Ushbu ilmiy maqolada sanoat korxonalarining iqtisodiy natijadorligini oshirishda tejamkor ishlab chiqarish (lean manufacturing) tizimining nazariy asoslari oʻrganildi. Tadqiqot doirasida yettita asosiy yoʻqotish turi (muda) klassifikatsiyalandi va ularni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan zamonaviy vositalar tahlil qilindi. Xalqaro ilmiy adabiyotlar asosida tejamkor ishlab chiqarish tamoyillarining ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda mahsulot sifatini yaxshilashdagi samaradorligi nazariy jihatdan asoslandi. Tadqiqotda 5S, Kaizen, Kanban, JIT va boshqa tejamkor vositalarning konseptual qoʻllanilish mexanizmlari koʻrib chiqildi. Olingan nazariy xulosalar sanoat korxonalarida tejamkor tizimni joriy etish strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.