Marketing (2025) · 723-739-betlar
KIMYO SANOATI KORXONALARIDA INVESTITSION LOYIHALARNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Sabirov Oybek Shavkatbekovich
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda kimyo sanoati korxonalarida investitsion loyihalarni boshqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishning samaradorlik koʻrsatkichlariga taʼsiri oʻrganilgan. Tahlil natijalarda ERP tizimlari, sunʼiy intellekt algoritmlari, IoT sensorlari va raqamli egizaklar kabi texnologik yechimlarni integratsiyalash loyihalarni rejalashtirish aniqligini 27 foizga, resurslarni taqsimlash samaradorligini 29 foizga oshirgan. Metodologik jihatdan kontent-tahlil, qiyosiy tahlil va ekspert baholash usullaridan foydalanilgan. Natijalar kimyo sanoatida raqamlashtirish strategiyalari investitsion qaytarilish muddatini qisqartirishi va boshqaruv sifatini tubdan yaxshilashini tasdiqlagan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.