Marketing (2025) · pp. 795-798
YOʻL QURILISHIDA INVESTITSIYAVIY MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Husainov Ilxomjon Bobokulovich
Abstract
Mazkur tezisda yoʻl qurilishi sohasida investitsiyaviy moliyalashtirish mexanizmlarining iqtisodiy samaradorligi tadqiq etildi. Tadqiqot davomida avtomobil yoʻllari infratuzilmasini rivojlantirishda davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, davlat-xususiy sheriklik hamda obligatsiyalar orqali moliyalashtirish usullarining iqtisodiy ahamiyati tahlil qilindi. Moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish investitsiya resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirishi asoslandi. Raqamli monitoring tizimlarini joriy etish loyiha xarajatlarini nazorat qilish va investitsiya samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari yoʻl qurilishi loyihalarida zamonaviy moliyalashtirish mexanizmlarini qoʻllash infratuzilma rivojlanishini jadallashtirishda muhim omil ekanligini koʻrsatdi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.