Marketing 5-нөмір (2024) · 50-55-беттер
ELEKTRON TIJORATNING RIVOJLANISHI BOSQICHLARI VA UNDAGI MUHIM TENDENSIYALAR
Abidov Badriddin Nurutdinovich, Inxomova Gulasal Javli qizi, Erkinova Xosiyat Botir qizi
Аңдатпа
Zamonaviy dunyoda elektron tijorat (“e-commerce”) tobora dolzarb boʻlmoqda, jahon iqtisodiyotida, koʻp tomonlama savdo tizimida va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda asosiy rol oʻynamoqda. Internet texnologiyalarining rivojlanishi va biznesning raqamli transformatsiyasi natijasida tashkilotlar va kompaniyalar oʻz faoliyatini onlayn makonga oʻtkazmoqda, elektron doʻkonlar va platformalar yaratmoqda. Internet platformasi savdo oʻsib borayotgan soha va ayni paytda iqtisodiyot uchun kuchli asos boʻlib xizmat qilmoqda. Har bir elektron tijoratning kengayishi va takomillashuvi bilan bogʻliq boʻlib biznes va isteʼmolchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek xulosa oʻrnida bu maqolaning maqsadi elektron tijoratning rivojlanish bosqichlari va undagi muhim tendensiyalarni tahlil qilishdir. Buning uchun biz ilmiy adabiyotlar, statistik maʼlumotlar va tadqiqotlar natijasiga tayanamiz.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.