Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 5 (2026) · pp. 1083-1088
BOSHLANG‘ICH VA O‘RTA BOSQICHDA YAPON TILI GRAMMATIKASINI O‘QITISH MUAMMOLARI VA ULARNING METODIK YECHIMLARI (Shieki-Ukemi nisbati misolida)
Makhmudova, Mutabar, Махмудова, Мутабар, Mahmudova, Mu’tabar
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek zabon talabalarga yapon tilining boshlang‘ich-yuqori va o‘rta bosqichlarida uchraydigan eng murakkab grammatik hodisalardan biri – shieki-ukemi (majburlik-majhullik) nisbatini o‘qitish muammolari keng qamrovli tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi ushbu grammatik konstruksiyaning lingvokulturologik xususiyatlarini, xususan, “meivaku” (jabr ko‘rish) psixologik konseptini chuqur tahlil qilish hamda o‘qitish jarayonidagi qiyinchiliklarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida bartaraf etishdan iborat. Tadqiqot doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 1, 2 va 3-kurslarida tahsil olayotgan jami 100 nafar talaba ishtirokida sotsiolingvistik so‘rovnoma va xatolar tahlili (Error Analysis) o‘tkazildi. Natijada, ona tili interferensiyasi oqibatida yuzaga keladigan sintaktik, morfologik, pragmatik va leksik-semantik xatolar tizimlashtirildi. Muammolarni hal etish va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga olib chiqish maqsadida kognitiv-vizual yondashuv, induktiv ta’lim, vaziyatli o‘yinlar (role-play) hamda raqamli pedagogika vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
yapon tili grammatikasi, shieki-ukemi, majburlik-majhullik nisbati, meivaku, ona tili interferensiyasi, xatolar tahlili, raqamli pedagogika, interaktiv metodlar, JLPT, CEFR.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.