Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 6-son (2026) · 53-60-betlar
NAVOIY GʻAZALLARIDA KOʻNGUL FALSAFASI
Dadajonova, Dilbar, Дадажонова, Дилбар, Dadajonova, Dilbar
Annotatsiya
Ushbu maqolada soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Badoye’ ul-vasat” devoniga kiritilgan “Ne ishq ediki, adam ayladi vujudimni...” va “Ey koʻngul, men tarki ishq ettim, vale fosh etmagil...” gʻazallarining gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari, qofiya tizimi va obrazlar silsilasi tadqiq etilgan. Gʻazallardagi tasavvufiy fano va baqo tushunchalarini, lirik qahramonning ruhiy-ma’naviy yuksalish bosqichlarini matn tahlili orqali ochib beriladi. Maqolada tazod, talmih, tashbih, ishtiqoq, tashxis va tanosub kabi badiiy san’atlarning qoʻllanish mahorati sarlavha ostidagi baytlar misolida tizimli yoritilgan. Shuningdek, koʻngil, koʻz, soqiy, tosh va faqr yoʻli kabi mumtoz obrazlarning ramziy va majoziy ma’nolari falsafiy jihatdan talqin qilingan.
Alisher Navoiy, gʻazal, poetika, badiiy san’at, qofiya, lirik qahramon, koʻngil obrazi, tark, faqr yoʻli.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.