Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 6-нөмір (2026) · 6-10-беттер
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA STEM TA’LIMINI AMALIY JORIY ETISH: XORIJIY MAKTABLAR TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN TAVSIYALAR
Gapparova, Makhkamkhon, Гаппарова, Махкамхон, G‘apparova, Maxkamxon
Аңдатпа
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda (1–4-sinflar) STEM ta'limini amaliy joriy etishning xorijiy tajribasi o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi AQSh, Finlandiya, Singapur va Janubiy Koreyaning boshlang‘ich ta'lim muassasalarida STEM yondashuvini qo‘llash modellarini qiyosiy tahlil qilish hamda O‘zbekiston ta'lim tizimiga moslashtirilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, adabiyotlar sharhi va ta'limiy modellarni o‘rganish metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, STEM ta'limini boshlang‘ich sinflardan boshlab joriy etish o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, muammolarni hal etish va ijodiy ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantiradi. Xorijiy maktablar tajribasi asosida O‘zbekiston uchun fanlararo integratsiya, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va o‘quv muhitini modernizatsiya qilishga doir maxsus tavsiyalar ishlab chiqildi.
STEM ta'limi, boshlang‘ich sinf, fanlararo yondashuv, xorijiy tajriba, innovatsion o‘qitish, ta'lim modeli, O‘zbekiston.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.