Marketing (2025) · 29-34-betler
YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA EKSPORT DIVERSIFIKATSIYASIDA MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Eshqulova Nasiba Normo‘minona
Annotaciya
Maqolada yashil iqtisodiyot talablari asosida Oʻzbekistonning meva-sabzavot eksportini kengaytirish yoʻllari yoritilgan. Mamlakatda mavjud boʻlgan qulay tabiiyiqlim sharoitlari va unumdor yer resurslari eksport salohiyatini oshirish uchun mustahkam asos yaratadi. Eksport mahsulotlarini xalqaro talablar asosida qadoqlash, ekologik toza texnologiyalardan foydalanish va raqamli marketing strategiyalarini joriy etish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini kuchaytirish mumkin. Tadqiqotda samarali marketing yondashuvlarini yashil iqtisodiyot tamoyillari bilan uygʻunlashtirish boʻyicha amaliy yoʻnalishlar taklif etilgan.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.