Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 № 6 (2026) · Саҳифаҳои 165-177
L.Z. BUDAGOV VA G. CLAUSON LUG‘ATLARINING LEKSIKOGRAFIK KONSEPSIYASI HAMDA UMUMTURKIY LEKSIKANI TAVSIFLASH TAMOYILLARI
Adambaeva, Feruza, Sadullaeva, Nilufar, Адамбаева, Феруза, Садуллаева, Нилуфар, Adambayeva, Feruza, Sadullayeva, Nilufar
Аннотатсия
Mazkur maqolada L.Z. Budagovning «Сравнительный словарь турецкотатарских наречий» hamda G. Clausonning «An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish» lug‘atlarida umumturkiy leksikaning tavsiflanish tamoyillari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda har ikki lug‘atning yaratilish maqsadi, ilmiy konsepsiyasi, umumturkiy leksikani tanlash mezonlari, bosh so‘zlarni shakllantirish prinsiplari, lug‘at maqolalarining tuzilishi hamda etimologik tavsiflash usullari o‘rganildi. Qiyosiy-tarixiy, leksikografik va tavsifiy metodlar asosida Budagov va Clauson tomonidan qo‘llangan leksikografik yondashuvlarning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari Budagov lug‘ati qiyosiy-dialektologik leksikografiya, Clauson lug‘ati esa tarixiyetimologik leksikografiya modelini ifodalashini ko‘rsatdi. Shuningdek, umumturkiy leksikani o‘rganishda ushbu ikki lug‘atning o‘zaro komplementar xarakterga egaligi hamda turkiy tillarning tarixiy taraqqiyoti, proto-turk leksik fondi va semantik evolyutsiyasini tadqiq etishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etishi asoslandi. Tadqiqot natijalari turkiy tarixiy leksikografiya, etimologiya va tarixiy leksikologiya sohalaridagi keyingi izlanishlar uchun nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
umumturkiy leksikatarixiy leksikografiyaL.Z. BudagovG. Clausonqiyosiy leksikografiyaetimologik lug‘atproto-turktarixiy leksikologiyachig‘atoy tiliturkiy tillar.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.