Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 6-son (2026) · 28-32-betlar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA TILLARNI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Zoitova, Shokhista, Зоитова, Шохиста, Zoitova, Shoxista
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ona tili va xorijiy tillarni o‘rgatishning pedagogik hamda psixologik asoslari kompleks tarzda tahlil etiladi. Maktabgacha yosh davrining nutq rivojlanishidagi o‘rni, bu davrning sezgir (sensitiv) bosqich sifatida ahamiyati hamda bolalarda tilni o‘zlashtirish jarayonining tabiiy mexanizmlari ilmiy yondashuv asosida yoritiladi. Shuningdek, bolalarning individual-psixologik xususiyatlari, jumladan, ularning diqqat, xotira, tafakkur, idrok va emotsional rivojlanish darajasi til o‘rganish samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ochib beriladi.Maqolada til o‘rgatishning asosiy pedagogik tamoyillari – kommunikativlik, tizimlilik, izchillik,ko‘rgazmalilik va individuallashtirish masalalari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, til o‘rgatish jarayonini bolalarning psixologik rivojlanish xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirish, ta’limni qiziqarli va motivatsion muhitda tashkil etish, shuningdek, kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlardan foydalanish yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
maktabgacha ta’lim, til o‘rgatish metodikasi, nutq rivojlanishi, psixologik xususiyatlar, pedagogik tamoyillar, kommunikativ yondashuv, o‘yin faoliyati, bilingvizm, interaktiv metodlar, sensitiv davr.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.