Marketing (2025) · 118-122-betler
OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH ORQALI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻNALISHLARI
Azizov Abdulla Abdisalamovich
Annotaciya
Ushbu tezis Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) misolida raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy va tashkiliy samaralarini ilmiy tahlil qiladi. Prezident Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan raqamli iqtisodiyotga faol oʻtish vazifalari hamda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030”1 va “Oʻzbekiston – 2030” 2 strategiyalarida belgilangan maqsadlar kontekstida ERP, CRM, IoT, EAM/PM, AI/Big Data va bulutli texnologiyalar integratsiyasining korxona daromadliligi, tannarx, resurslardan foydalanish, xavflarni boshqarish va boshqaruv shaffofligiga taʼsiri asoslanadi. OKMKning koʻp tarmoqli ishlab chiqarish infratuzilmasi (kon boshqarmalari, boyitish fabrikalari, mis eritish va rux zavodlari va h.k.) uchun yagona maʼlumotlar makonini shakllantirish zarurati, real vaqt rejimidagi biznes-tahlil, operatsion jarayonlarni robotlashtirish va aktivlarni prediktiv xizmat koʻrsatish orqali uzluksizlikni taʼminlash mexanizmlari yoritiladi. Natijalar raqamli texnologiyalar kompleks joriy etilganda ishlab chiqarish hajmi va sifat koʻrsatkichlarining barqaror oʻsishi, operatsion xarajatlar va texnologik toʻxtalishlarning kamayishi, byudjet intizomi va eksport salohiyatining kuchayishini koʻrsatadi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.