Marketing (2025) · 151-157-беттер
YASHIL ENERGIYA GLOBAL ENERGETIKA TIZIMINING MARKAZIY BOʻGʻINI SIFATIDA
Bobobekov Ergash Abdumalikovich
Аннотация
Ushbu maqolada yashil energiya tushunchasi, uning turlari, afzalliklari, muammolari va global energiya tizimida tutgan oʻrni tahlil qilinadi. Yashil energiya atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, qayta tiklanuvchi tabiiy manbalardan olinadigan energiya shakli sifatida tavsiflanadi. Maqolada quyosh, shamol, gidro, geotermal va biomassa energiyalarining iqtisodiy va ekologik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, yashil energiyaga oʻtishdagi toʻsiqlar texnologik, iqtisodiy va siyosiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, yashil energiya barqaror rivojlanish, energiya xavfsizligi va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.