Хорижий лингвистика ва лингводидактика Том 4 № 6 (2026) · с. 164-171

NAZAR ESHONQUL NASRIDA QIYOFADOSH XARAKTERLAR TALQINI

Rajabov, Muslimbek, Ражабов, Муслимбек, Rajabov, Muslimbek

Читать на сайте источника PDF

Аннотация

Mazkur maqolada Nazar Eshonqul nasrida qiyofadosh xarakterlar talqini masalasi o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi yozuvchining turli asarlarida uchraydigan, tashqi qiyofasi, yoshi, jinsi va ijtimoiy mavqei jihatidan farqlansa-da, ichki ruhiy-axloqiy yadrosi, tarixiy jarohati, vijdoniy bezovtaligi va jamiyat bilan murosa qilolmaslik holati orqali bir-biriga yaqinlashadigan obrazlar tizimini aniqlashdan iborat. Tahlil materiali sifatida "Maymun yetaklagan odam", "Shamolni tutib bo‘lmaydi" hikoyalari va "Qora kitob" qissasi tanlandi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, germenevtik, psixologik, poetik va qiyosiy-tipologik metodlardan foydalanildi. Natijada Nazar Eshonqul nasrida qiyofadosh xarakterlar, avvalo, tarixiy bosimni ichki fojiaga aylantirib yashovchi, xotira va sukut bilan yashaydigan, o‘z vijdoni yoki jamiyat aybi bilan yuzlashishga majbur bo‘lgan qahramonlar sifatida namoyon bo‘lishi aniqlandi. Rassom chol, Bayna momo va "Qora kitob"dagi "men" tashqi jihatdan mutlaqo turlicha bo‘lsa-da, ularni birlashtiruvchi mushtarak belgilar mavjud: ichki qamalish, ma'naviy yolg‘izlik, ayb hissining turli ko‘rinishlari, ramz va detail orqali xarakter ochilishi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda Nazar Eshonqul qahramonlari alohida poetik hodisa sifatida emas, balki qiyofadosh xarakterlar tizimi sifatida o‘zaro bog‘liq holda talqin qilinadi. Olingan xulosalar zamonaviy o‘zbek nasrida xarakter poetikasi, psixologizm va tarixiy xotira muammolarini o‘rganishda nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

Nazar Eshonqul, qiyofadosh xarakterlar, xarakter poetikasi, zamonaviy o‘zbek nasri, psixologizm, tarixiy xotira, ichki monolog, sukut, ramz, detal, yolg‘izlik, ma'naviy iztirob.

Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.

Цитировать

APA 7
Rajabov, Muslimbek, Ражабов, Муслимбек & Rajabov, Muslimbek (2026). NAZAR ESHONQUL NASRIDA QIYOFADOSH XARAKTERLAR TALQINI. Хорижий лингвистика ва лингводидактика, 4(6), 164-171.
GOST R 7.0.5
Rajabov, Muslimbek, Ражабов, Муслимбек, Rajabov, Muslimbek NAZAR ESHONQUL NASRIDA QIYOFADOSH XARAKTERLAR TALQINI // Хорижий лингвистика ва лингводидактика. 2026. Т. 4. № 6. С. 164-171.
BibTeX
@article{muslimbek2026,
  author  = {Rajabov, Muslimbek and Ражабов, Муслимбек and Rajabov, Muslimbek},
  title   = {NAZAR ESHONQUL NASRIDA QIYOFADOSH XARAKTERLAR TALQINI},
  journal = {Хорижий лингвистика ва лингводидактика},
  year    = {2026},
  volume  = {4},
  number  = {6},
  pages   = {164-171}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Rajabov, Muslimbek
AU  - Ражабов, Муслимбек
AU  - Rajabov, Muslimbek
TI  - NAZAR ESHONQUL NASRIDA QIYOFADOSH XARAKTERLAR TALQINI
JO  - Хорижий лингвистика ва лингводидактика
PY  - 2026
VL  - 4
IS  - 6
SP  - 164
EP  - 171
ER  -