Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 6-сан (2026) · 172-178-беттер
SUNʼIY INTELLEKTGA ASOSLANGAN RAQAMLI VOSITALAR YORDAMIDA XORIJIY TIL OʻRGANUVCHILARNING TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ismoilova, Shakhzoda, Исмоилова, Шахзода, Ismoilova, Shaxzoda
Аннотация
Maqolada xorijiy til oʻrganuvchilarning tinglab tushunish (listening) koʻnikmasini rivojlantirishda sunʼiy intellektga (SI) asoslangan raqamli vositalardan foydalanish metodikasi tahlil qilinadi. Tinglab tushunish retseptiv koʻnikma sifatida oʻquvchilarda eng koʻp qiyinchilik tugʻdiradigan va auditoriyada yetarlicha mashq qilinmaydigan sohalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi — ASR texnologiyasi, adaptiv tinglash platformalari va generativ SI vositalari yordamida A2–B1 darajadagi oʻquvchilarning tinglab tushunish koʻnikmasini rivojlantirishning samarali metodik modelini ishlab chiqishdir. Aralash (sonli va sifatiy) metodga asoslangan pedagogik eksperimentda nazorat va tajriba guruhlari qiyoslandi. Natijalar SIga asoslangan vositalar tinglab tushunish koʻrsatkichlarini sezilarli oshirishi hamda tinglashga oid xavotirni kamaytirishini koʻrsatdi. Shu bilan birga, oʻqituvchining yoʻnaltiruvchi roli vositalar samaradorligining hal qiluvchi omili sifatida aniqlandi
tinglab tushunish, sunʼiy intellekt, avtomatik nutq tanish (ASR), adaptiv taʼlim, xorijiy til metodikasi, tinglash xavotiri, raqamlashtirish, retseptiv koʻnikma.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.