Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 6 (2026) · pp. 179-185
“BOBURNOMA” ASARIDAGI ASTRONOMIK VA TAQVIMIY TERMINLARNING TEMATIK VA CHASTOTALI TAHLILI
Ubaydullayeva, Bakhtigul, Убайдуллаева, Бахтигул, Ubaydullayeva, Baxtigul
Abstract
Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning jahon madaniyati va adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutgan qomusiy asari – “Boburnoma”ning lisoniy xususiyatlari tematik va chastotali tarzda tadqiq etilgan. Xususan, asar matnida qo‘llangan ilmiy terminlar hamda turli soha leksikasi (toponimika, botanika, zoologiya, harbiy terminlar, tabiatshunoslik, tibbiyot, geografiya va etnografiya) aks etgan. Biz asardagi astronomik va taqvimiy terminlarni tahlil ostiga olishni maqsad qildik. Muallif Boburning o‘z davri ilm-fani tushunchalarini ifodalashda til imkoniyatlaridan qanday foydalanganini, turkiy qatlam hamda arabiy-forsiy o‘zlashmalarning o‘zaro mutanosibligini aniqlashga e’tibor qaratadi. Tadqiqot davomida “Boburnoma” nafaqat tarixiy va badiiy manbaa, balki XVI asr turkiy tilining boy ilmiy-terminologik tizimini ko‘rsatuvchi mukammal asar ekanligi ilmiy asoslab berilgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, soha leksikasi, ilmiy terminologiya, lingvistik tahlil, chastotali tahlil, tematik guruhlar, falakiyot, astronomic hisob.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.