Marketing (2025) · 201-205-betler
YASHIL MARKETING STRATEGIYALARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
M.M. Ziyayeva
Annotaciya
Ushbu tezisda yashil marketing strategiyalarining mohiyati, asosiy komponentlari (green 4P) va zamonaviy muammolari tahlil qilingan. Ekologik mahsulotlar ishlab chiqarish, yashil narx siyosati, barqaror logistika va ekologik reklama orqali ekologik ongli iste’molchilar bilan samarali aloqa o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqilgan. Muammolar sifatida: standartlashtirish yetishmasligi, yuqori xarajatlar, mijozlarni ishontirish va uzoq muddatli rentabellik ko‘rsatib o‘tilgan. Uzoq muddatda yashil marketing barqaror rivojlanish uchun muhim yechim sifatida asoslanadi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.