Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 № 6 (2026) · Саҳифаҳои 260-266
DRAMA JANRINING SINKRETIK TABIATI VA OʻZBEK YOZMA DRAMATURGIYASI GENEZISI: NAZARIY-POETIK TALQIN
Sayfiddinova, Guzal, Сайфиддинова, Гузал, Sayfiddinova, Go‘zal
Аннотатсия
Mazkur maqolada drama janrining nazariy-poetik tabiati, uning epik va lirik adabiy turlar bilan sinkretik aloqadorligi hamda oʻzbek yozma dramaturgiyasining genezisi masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda dramaning ikki tomonlama – adabiy va sahnaviy – mohiyati, badiiy konfliktning janr poetikasidagi markaziy oʻrni, shuningdek, milliy dramaning mifologik, folkloristik, mumtoz adabiy hamda jadid manbalari qiyosiy-tipologik metod asosida yoritiladi. Maqolada Arastu, V.G. Belinskiy, I.Sulton va U.Joʻraqulov ilgari surgan nazariy qarashlar umumlashtirilib, dramaning sinkretik tabiati uning estetik salohiyatini belgilovchi asosiy omil ekani asoslab koʻrsatiladi.
drama, dramaturgiya, janr, sinkretizm, badiiy konflikt, poetika, genezis, jadidchilik, sahnaviylik, mif, folklor, mumtoz adabiyot.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.