Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 6-нөмір (2026) · 199-205-беттер
O‘ZBEK MEDIADISKURSIDA TIL EKOLOGIYASI VA NUTQ MADANIYATI MASALALARI
Khojimatov, Minkhojiddin, Хожиматов, Минхожиддин, Ҳожиматов, Минҳожиддин
Аңдатпа
Mazkur maqolada o‘zbek mediadiskursida til ekologiyasi va nutq madaniyati masalalari lingvistik hamda kommunikativ nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llanilayotgan til birliklarining ekologik holati, adabiy til me’yorlariga muvofiqligi hamda nutq madaniyatiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, mediamatnlarda uchraydigan noekologik birliklar, ortiqcha o‘zlashmalar, uslubiy nomuvofiqliklar va kommunikativ xatolarning yuzaga kelish sabablari yoritiladi. Tahlillar natijasida mediadiskursda til madaniyatini yuksaltirish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va lingvoekologik tamoyillarni mustahkamlash zamonaviy axborot makonining muhim vazifalaridan biri ekanligi asoslanadi. Maqolada o‘zbek mediamakonida sog‘lom til muhitini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ham ilgari suriladi.
o‘zbek mediadiskursi, til ekologiyasi, nutq madaniyati, mediamatn, lingvoekologiya, adabiy til me’yorlari, kommunikativ madaniyat, ommaviy axborot vositalari, internet diskursi, noekologik birliklar, til siyosati, media kommunikatsiya
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.