Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 6-son (2026) · 254-259-betlar
XORAZM TO‘Y QO‘SHIQLARINING PRAGMATIK VA KOMMUNIKATIV FUNKSIYALARI
Abatov, Doston, Абатов, Достон, Abatov, Doston
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining muhim janrlaridan biri bo‘lgan to‘y qo‘shiqlarining pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda to‘y qo‘shiqlarining faqat estetik hodisa emas, balki ijtimoiy, psixologik, kommunikativ va madaniy vazifalarni bajaruvchi nutqiy birlik ekanligi ilmiy asosda yoritib beriladi. Xorazm hududiy to‘y marosimi folklorining ko‘p qirrali kommunikativ hamda lingvopragmatik xususiyatlari sotsiolingvistik metodologiya prizmasi orqali tahlilga tortiladi.
kommunikativ funksiya, nikoh marosimi qo‘shiqlari, Xorazm etnofolklori, sinxron dialoq, diaxron uzviylik, pragmalingvistika, sotsiolingvistik model, gender ierarxiyasi, multimodal diskurs.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.