Marketing (2025) · 276-280-беттер
YASHIL MARKETINGNING MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI: OʻZBEKISTON OZIQ-OVQAT SANOATIDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TAʼMINLASH YOʻLLARI
Eshmatov Sanjar Аzimqulovich
Аннотация
Maqolada yashil marketing konsepsiyasining mintaqaviy xususiyatlari Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati misolida tahlil qilindi. Klassik olimlar – Kotler, Keller, Porter, Peattie, Ottman, Ajzen va boshqalarning nazariy qarashlari hamda Oʻzbekiston olimlari tadqiqotlari asosida yashil marketingning nazariy va amaliy jihatlari koʻrib chiqildi. Statistik maʼlumotlar, jadval va grafiklar orqali Oʻzbekiston bozoridagi organik mahsulotlar eksporti, ichki talab hamda xalqaro tajribalar bilan taqqoslash oʻtkazildi. Natijada yashil iqtisodiyot sharoitida oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.