Marketing (2025) · 555-560-беттер
DEMOGRAFIK OMILLARNING MINTAQAVIY RIVOJLANISH INDEKSIGA TAʼSIRINI EKONOMETRIK TAHLIL QILISH
Sattorov Sanjar Abdumurodovich
Аңдатпа
Maqolada demografik omillarning Surxondaryo viloyati mintaqaviy rivojlanish indeksiga taʼsiri ekonometrik usullar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda 2010-2025yillar davomida yalpi hududiy mahsulot, investitsiyalar, urbanizatsiya darajasi va mehnatga layoqatli aholi ulushi oʻrtasidagi statistik bogʻliqlik baholangan. Eng kichik kvadratlar usuli yordamida tuzilgan model investitsiya hajmi va demografik koʻrsatkichlarning iqtisodiy rivojlanishga sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatganini aniqlagan. Tahlil natijalarida xizmatlar sohasi va sanoat ulushining oʻsishi hududiy iqtisodiyot diversifikatsiyasini kuchaytirgani qayd etilgan. Urbanizatsiya va mehnat resurslari salohiyati mintaqaviy iqtisodiy samaradorlikni oshiruvchi omil sifatida baholangan. Tadqiqot hududiy iqtisodiy siyosatni takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.