Marketing (2025) · Саҳифаҳои 561-566
TAʻLIM JARAYONIDA LIDERLIK KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH ORQALI TALABALARNING BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI
Rahimova Kutlibika Ergashevna
Аннотатсия
Mazkur tadqiqotda taʼlim jarayonida liderlik koʻnikmalarini shakllantirish orqali talabalarning boshqaruv samaradorligini oshirish yoʻllari oʻrganildi. Tadqiqot davomida transformatsion liderlik nazariyasi, kompetensiyaga yoʻnaltirilgan yondashuv va tajribaviy taʼlim tamoyillari tahlil qilindi. Ilmiy manbalar asosida liderlik koʻnikmalarining muloqot, hamkorlik, tashabbuskorlik, masʼuliyat va qaror qabul qilish jarayonlariga taʼsiri baholandi. Natijalar liderlik kompetensiyalarini oʻquv rejalari, loyiha faoliyati, simulyatsion mashgʻulotlar va ustozlik tizimi orqali rivojlantirish talabalarning boshqaruv qobiliyatlarini mustahkamlaganini koʻrsatdi. Shuningdek, liderlik koʻnikmalari jamoaviy faoliyat samaradorligini oshirgani va mehnat bozori talablariga mos professional kompetensiyalarni shakllantirgani aniqlandi. Tadqiqot oliy taʼlim muassasalarida liderlikka yoʻnaltirilgan taʼlimni rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqdi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.