Marketing (2025) · 570-574-беттер
OLIY TAʼLIM MUASSASALARINING RAQAMLI MARKETING FAOLIYATINI BAHOLASHNING USLUBIY YONDASHUVLARI
Xakimov Ziyodulla Axmadovich, Abdusalomova Madinabonu Murodjon qizi
Аннотация
Mazkur tadqiqotda oliy taʼlim muassasalarining raqamli marketing faoliyatini baholashning uslubiy yondashuvlari tahlil qilindi. Tadqiqot marketing voronkasi modeli, kalit samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI), investitsiya rentabelligi (ROI) hamda veb-mavjudlik benchmarki asosida amalga oshirildi. Raqamli marketing natijalarini qabul koʻrsatkichlari va institutsional rivojlanish maqsadlari bilan bogʻlash imkoniyatlari baholandi. Tahlil natijalari kompleks baholash modeli raqamli faoliyat samaradorligini aniqlash, resurslardan oqilona foydalanish va universitetlarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Taklif etilgan yondashuv raqamli marketingni maʼlumotlarga asoslangan boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergani aniqlandi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.