Marketing 1-нөмір (2024) · 64-78-беттер
BIZNESNING RAQAMLI MARKETING TRANSFORMATSIYASI
Xakimov Ziyodulla Axmadovich
Аңдатпа
Mazkur maqolada raqamli marketingning zamonaviy konsepsiyalari Marketing 4.0. hamda Marketing 5.0. doirasida oʻrganilgan. Raqamli marketing transformatsiya imkoniyatlarini aniqlash uchun “Kotterning 8 bosqichli oʻzgarishlar”, “McKinsey 7-S Framework” yoki Prosci ADKAR transformatsiya modellaridan foydalanish tavsiya etilgan. “ADKAR” modeliga mos boʻlgan raqamli marketing transformatsiya omillari aniqlangan. Aniqlangan omillar boʻyicha transformatsiya imkoniyatlarini baholash uchun marketing tadqiqotlari amalga oshirilgan. Olingan natijalar asosida Oʻzbekiston biznes amaliyotida raqamli marketing transformatsiyasi boʻyicha asosiy muammolar aniqlangan va ularni yechimi boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.