Marketing Issue 1 (2024) · pp. 86-101
OʻZBEKISTONDA SUT VA SUT MAHSULOTLARI BRENDIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLARNING STATISTIK TAHLILI
Eshmatov Sanjarbek Azimqulovich
Abstract
Mazkur maqolada sut mahsulotlari brendlari raqobatbardoshligiga taʼsir etuvchi sabab hamda oqibat omillari aniqlangan va tizimlashtirilgan. Mazkur omillar asosda brend raqobatbardoshligini mijozlar nuqtayi nazaridan baholash amalga oshirilgan. Raqabatbordoshlikni baholashda SmartPLS 4.0 paket dasturidan foydalanilgan va SEM modeli boʻyicha PLS algoritmi tuzilgan. Sut mahsulotlari brendlari boʻyicha raqobatbardoshlik omillarini aniqlash maqsadida oʻtkazilgan anketa soʻrovnomalarida jami 433 nafar respondent ishtirok etgan. Sut mahsulotlari brendlari boʻyicha raqobatbardoshlik omillarini aniqlash boʻyicha amalga oshirilgan tahlil natijalari mazkur tarmoqda brend jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha ilmiy takliflar ishlab chiqishga asos boʻlgan.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.