Marketing Issue 1 (2024) · pp. 111-121
OLIY TAʼLIM MUASSASALARINI BOSHQARISHDA MARKETING VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Amirkulov Akram Ziyayevich
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy bozor sharoitida oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga marketing yondashuvining tegishli jihatlarini tatbiq etish masalalari tadqiq etilgan. Bugungi kunda zamonaviy mehnat bozori, talaba va otaonalar istaklarini oʻziga xos xususiyatlari va taʼlim bozoridagi raqobat muammolariga yechim topish oliy taʼlim muassasalari oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Taʼlim xizmatlarining marketing yondashuvi mijozlarning ichki va tashqi ehtiyojlariga yoʻnaltirilganligini, raqobatbardosh bozorda barqarorlikning kafolati sifatida muassasaning brend imijini yaratish uchun taʼlim va ilmiy tadqiqot yondashuvini moslashtirishni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari raqobatbardosh global taʼlim landshafti talablariga javob berishda tobora koʻproq muammolarga duch kelmoqda. Ushbu muhitda rivojlanish uchun universitetlar va kollejlar oʻzlari taqdim etayotgan taʼlim va xizmatlar sifatini oshirish uchun innovatsion yondashuvlarni qoʻllashlari zarur. Marketing taʼlim muassasalari imijini shakllantirishda, talabalarni jalb qilishda va yuqori sifatli oʻquv dasturlari hamda xizmatlarini taqdim etishda hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.