Marketing 6-сан (2026) · 280-287-беттер
LOGISTIKA TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI JAHON TAJRIBASI VA UNI RESPUBLIKAMIZDA QOʻLLASH AFZALLIKLARI
Xuzayev Fazliddin Elmurodovich
Аннотация
Mazkur tadqiqotda logistika tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning xalqaro tajribasi tahlil qilindi hamda ularni Oʻzbekiston amaliyotida qoʻllash imkoniyatlari baholandi. Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Singapur logistika tizimlarida sunʼiy intellekt, katta maʼlumotlar, Internet buyumlari va blokcheyn texnologiyalarining qoʻllanilishi qiyosiy oʻrganildi. Natijalar mazkur texnologiyalar logistika jarayonlarini optimallashtirish, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish, xarajatlarni kamaytirish va resurslardan samarali foydalanishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Tadqiqot transport-logistika infratuzilmasini raqamlashtirish, zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini keng joriy etish hamda milliy logistika tizimining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy xulosalarni shakllantirdi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.