Marketing Issue 1 (2026)
OʻZBEKISTON MINTAQALARIDA KICHIK SANOAT ZONALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Jalolova Sarvinoz Ulugʻbek qizi
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston mintaqalarida kichik sanoat zonalarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Hududiy ixtisoslashuv, investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, boshqaruv samaradorligi va sanoat kooperatsiyasining iqtisodiy natijalarga taʼsiri baholandi. Rasmiy statistik maʼlumotlar asosida kichik sanoat zonalarining ishlab chiqarish hajmi, bandlik, eksport va investitsiya koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Natijalar kichik sanoat zonalari hududiy sanoatni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Taklif etilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm hududiy sanoat siyosati samaradorligini oshirish hamda kichik sanoat zonalarining barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun ilmiy-amaliy asos yaratdi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.