Marketing № 6 (2026) · Саҳифаҳои 288-296
QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARIDA RESURSLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Metyakubov Azamat Djumanazarovich
Аннотатсия
Mazkur maqolada Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalarida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda 2020-2024-yillar statistik maʼlumotlari asosida ishlab chiqarish hajmi, energiya sigʻimi, mehnat unumdorligi va investitsiyalar dinamikasi baholandi. Natijalar energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, raqamli monitoring tizimlarini qoʻllash va xom ashyo yoʻqotishlarini kamaytirish resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Tadqiqot yakunida sanoat korxonalarida resurslarni boshqarish tizimini takomillashtirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
qurilish materiallari sanoati, resurs samaradorligi, energiya tejamkorligi, mehnat unumdorligi, modernizatsiya, raqamli monitoring, investitsiyalar, iqtisodiy samaradorlik.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.