Marketing № 6 (2026) · Саҳифаҳои 187-198
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI LOYIHALARIDA FISKAL XATARLARNI BOSHQARISH VA SHARTLI MAJBURIYATLARNI HISOBGA OLISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Qodirov Jasurbek Sharofitdinovich
Аннотатсия
Mazkur maqolada davlat-xususiy sherikligi (DXSh) loyihalarida yuzaga keladigan fiskal xatarlarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari hamda davlat zimmasiga tushadigan shartli majburiyatlarni hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda DXSh loyihalarining davlat byudjeti barqarorligiga taʼsiri, fiskal xatarlarning asosiy turlari, ularni aniqlash, baholash va monitoring qilish usullari tahlil qilingan. Xalqaro tajriba asosida shartli majburiyatlarni hisobga olish va boshqarishning institutsional hamda moliyaviy mexanizmlari oʻrganilgan. Tadqiqot natijasida Oʻzbekistonda DXSh loyihalarini amalga oshirish jarayonida fiskal intizomni kuchaytirish, byudjet xatarlarini kamaytirish va davlatning uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlarini samarali boshqarishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.