Marketing 4-сан (2026)
NAMANGAN VILOYATIDA SANOATNI HUDUDIY TASHKIL ETISHNING MINTAQAVIY IQTISODIY DETERMINANTLARI VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Nuritdinov Botir Kodirxanovich
Аннотация
Mazkur tadqiqotda Namangan viloyatida sanoatni hududiy tashkil etishning mintaqaviy iqtisodiy determinantlari hamda ularning sanoat rivojlanishiga taʼsiri ekonometrik yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida tuman va shaharlar kesimida sanoat korxonalarining hududiy taqsimlanishiga investitsiya hajmi, mehnat resurslari salohiyati, transport-logistika va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, urbanizatsiya darajasi, bozor sigʻimi hamda iqtisodiy faollik kabi omillarning taʼsiri koʻp omilli regressiya modeli orqali baholangan. Tahlil natijalari investitsion faollik, iqtisodiy faol aholi ulushi va infratuzilmaviy taʼminlanganlik sanoatning hududiy rivojlanishi va korxonalarning joylashuviga statistik jihatdan ijobiy hamda sezilarli taʼsir koʻrsatishini aniqladi. Hududlar oʻrtasidagi sanoat rivojlanishidagi tafovutlar iqtisodiy resurslar va infratuzilma bilan taʼminlanganlik darajasidagi farqlar bilan izohlanishi asoslandi. Tadqiqot yakunida sanoatni hududiy tashkil etish samaradorligini oshirish, hududlararo nomutanosibliklarni kamaytirish va mintaqalarning sanoat salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Namangan viloyati, sanoatni hududiy tashkil etish, mintaqaviy iqtisodiyot, iqtisodiy determinantlar, ekonometrik tahlil, koʻp omilli regressiya modeli, hududiy differensiallashuv, investitsiya, transport-logistika infratuzilmasi, mehnat resurslari, sanoat salohiyati, hududiy rivojlanish.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.