Marketing 6-san (2026)
OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI BAHOLASH USULLARI
Gulmatov Sunnatillo Nurillayevich
Annotaciya
Mazkur maqolada oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish quvvatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqarish quvvati tushunchasining iqtisodiy mazmuni yoritilib, uni baholashning asosiy usullari tahlil qilingan. Quvvatdan foydalanish koeffitsiyenti, ish vaqti fondi, ishlab chiqarish hajmi dinamikasi hamda quvvat rezervlarini aniqlash usullarining mazmuni va ahamiyati ochib berilgan. Xorijiy va mahalliy olimlarning mazkur mavzuga oid ilmiy qarashlari oʻrganilib, ularning afzallik va kamchiliklari tanqidiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish quvvatini baholashning kompleks mexanizmini qoʻllash, raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda quvvatdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
oziq-ovqat sanoati, ishlab chiqarish quvvati, quvvatdan foydalanish koeffitsiyenti, ishlab chiqarish samaradorligi, quvvat rezervi, sanoat korxonalari, resurslardan foydalanish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishni boshqarish, oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy samaradorlik.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.