Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-tom 7-san (2026) · 133-136-betler
ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLORIZM VA REMINISSENSIYA SINKRETIZMINING POETIK XUSUSIYATLARI
Khoshimkhujaeva, Mokhirukh, Хошимхужаева, Мохирух, Xoshimxo‘jayeva, Moxirux
Annotaciya
She’riyatda folklorizm va reminissensiyaning sinkretlashuvi adabiy jarayonning murakkab va ko‘p qatlamli hodisalaridan biri hisoblanadi. Bu hodisa xalq og‘zaki ijodi elementlarining yozma adabiyotga kirib kelishi hamda avvalgi adabiy, mifologik yoki folklor matnlarning yangi badiiy talqinda qayta aks etishi natijasida yuzaga keladi. Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatining yorqin vakillaridan shoira Nodira Afoqova hamda shoira Halima Ahmedova ijodida folklorizmlar va reminissensiyaning sinkretlashuvi tahlilga tortilgan. She’riy asarlarda ham xalqni tarbiyalsh, mehnat va do‘stlik, milliy bayramlar va turli marosimlar kabi an’anaviy qadriyatlar ko‘rinish topadi. Bu maqolada o‘zbek she’riyatidagi milliy urf-odatlarning tasvirlanishi, ularga berilgan ma’no va ular orqali milliylik, shuningdek, adabiy ifoda vositalari ko‘rib chiqiladi. Urf-odatlar va an’analarning she’riy asarlarda ishlatilishi o‘zbek poeziyasining o‘ziga xos xususiyatlarini, xalqning ruhiyati va madaniy me’rosini qanday saqlagani yoritib beriladi.
folklorizm, reminissensiya, adabiy va estetik tahlil, milliy urf-odatlar, sinkretlashuv, o‘zbek poeziyasi, folklor obrazi, xalq maqollari, obraz reminissensiya, falsafiy va estetik mazmun
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.