Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 7-son (2026) · 52-55-betlar
BURTON RAFFEL TARJIMASIDAGI "BEOWULF" DOSTONIDA QAHRAMONLIK LEKSIKASINING LINGVO-POETIK VA SEMANTIK XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH
Murodova, Mutabar, Муродова, Мутабар, Murodova, Mo’tabar
Annotatsiya
Ushbu maqolada qadimgi ingliz adabiyotining durdonasi bo‘lmish "Beowulf" eposining Burton Raffel tarjimasi asosida uning tarkibidagi qahramonlik leksikasi (heroic lexicon) lingvo-poetik, semantik va madaniy-tipologik jihatdan tadqiq etiladi. Eposdagi qahramonlik leksikasi qahramon va hukmdor nominatsiyalari, epitetlar, qurol-yarog‘ hamda himoya vositalari, jangovar fe'llar hamda ma'naviy-falsafiy konseptlar kabi beshta semantik guruhga bo‘lingan holda tahlil qilingan. Asardan olingan inglizcha misollar o‘zbek xalq qahramonlik eposi "Alpomish" bilan plan-parallellarda chog‘ishtirilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ikkala xalqning qahramonlik dunyoqarashi va epik formulalari leksik darajada o‘xshash vazifalarni bajaradi.
Beowulf, Alpomish, Burton Raffel, qahramonlik leksikasi, formulaik til, kenning, epitet, lingvokulturologiya, qiyosiy-tipologik tahlil, dissertatsiya uslubi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.