Хорижий лингвистика ва лингводидактика Volume 4 Issue 7 (2026) · pp. 29-32
O‘QUVCHILARDA KOMMUNIKATIV VA IJTIMOIY-HISSIY KOMPETENSIYALAR SHAKLLANGANLIK DARAJASINI ANIQLASH MEZONLARI VA INDIKATORLARI
Muyinjonova, Sabinabonu, Муйинжонова, Сабинабону, Muyinjonova, Sabinabonu
Abstract
Maqolada boshlang‘ich ta'lim bosqichida ingliz tili o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kommunikativ va ijtimoiy-hissiy kompetensiyalari shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan integrativ mezonlar, indikatorlar tizimi tahlil qilinadi. Muammoning dolzarbligi ikki soha — chet tili o‘qitish metodikasi va ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) — o‘rtasidagi metodik uzilish bilan izohlanadi: mavjud diagnostik vositalarning aksariyati bu kompetensiyalarni alohida-alohida o‘lchashga mo‘ljallangan. Tizimning amaliy ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kompleks diagnostik qo‘llanma yaratish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Maqola taklif etilgan tizimning keyingi bosqichda empirik validatsiyadan o‘tkazilishi zarurligini alohida ta'kidlaydi.
kommunikativ kompetensiya, ijtimoiy-hissiy kompetensiya, diagnostika, mezon, indikator, boshlang‘ich ta'lim, ingliz tili o‘qitish metodikasi, CASEL modeli
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.