Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 7-нөмір (2026) · 47-51-беттер
AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA MAKTABDA SOG‘LOM MA’NAVIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH
Buzurkhanova, Kamola, Бузурханова, Камола, Buzurxanova, Kamola
Аңдатпа
Maqolada aksiologik yondashuv asosida umumiy o‘rta ta’lim maktabida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari va pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. Sog‘lom ma’naviy muhit maktab jamoasida inson qadr-qimmatini e’zozlash, adolat, o‘zaro hurmat, hamkorlik, mas’uliyat, vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik kabi qadriyatlarning kundalik faoliyatda barqaror namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotda aksiologik yondashuvning mazmuni, uning maktab boshqaruvi, pedagogik muloqot, o‘quvchilar tarbiyasi, oila va mahalla bilan hamkorlikdagi imkoniyatlari yoritilgan. Sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishning diagnostik, maqsadli-loyihaviy, mazmuniy-faoliyatli, hamkorlik-kommunikativ hamda monitoring-refleksiv bosqichlari asoslangan.
aksiologik yondashuv, sog‘lom ma’naviy muhit, qadriyat, maktab madaniyati, pedagogik boshqaruv, ma’naviy tarbiya, hamkorlik, refleksiya, monitoring, ma’naviy xavfsizlik
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.