Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 № 8 (2026) · Саҳифаҳои 105-109
INGLIZ VA O‘ZBEK TURISTIK MULOQOTIDA VIZUAL BELGILAR VA PROKSEMIK VOSITALARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Ermatov, Ikhtiyor, Эрматов, Ихтиёр, Ermatov, Ixtiyor
Аннотатсия
Maqolada ingliz va o‘zbek turistik muloqotida vizual belgilar hamda proksemik vositalarning kommunikativ mazmun hosil qilishdagi o‘rni qiyosiy va lingvopragmatik jihatdan tadqiq etiladi. Piktogramma, grafik belgi, yo‘naltiruvchi tasvir, fazoviy masofa va kommunikantlarning makondagi joylashuvi turistik axborotni uzatish, xatti-harakatni boshqarish hamda kommunikativ niyatni aniqlashtirish imkoniyatiga ega noverbal birliklar sifatida tahlil qilinadi. Ingliz turistik muhitida standartlashtirilgan va ixcham vizual kodlarning ustuvorligi, o‘zbek kommunikativ muhitida esa vizual signalning izohlovchi kontekst hamda proksemik munosabat bilan uyg‘unlashishi aniqlanadi. Vizual belgining pragmatik qiymati uning grafik shakli bilangina belgilanmasligi, ma’no obyekt, kommunikativ vaziyat, madaniy tajriba va adresatning interpretatsion kompetensiyasi o‘rtasidagi munosabatda yuzaga kelishi asoslanadi. Tadqiqot natijalari turistik makonda vizual va proksemik vositalarning yo‘naltiruvchi, regulyativ, identifikatsion va adaptiv funksiyalarini aniqlash imkonini beradi.
turistik muloqot, vizual belgi, proksemika, piktogramma, lingvosemiotika, lingvopragmatika, kommunikativ masofa, ikon, indeks, simvol, madaniy interpretatsiya
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.