Marketing Issue 6 (2026)
TOʻQIMACHILIK SANOATIDA INVESTITSION LOYIHALARNI BOSHQARISHDA QIYMATGA YOʻNALTIRILGAN MENEJMENT KONSEPSIYASINI JORIY ETISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI
Qurbonov Jasurbek Pozilovich
Abstract
Mazkur maqolada toʻqimachilik sanoatida investitsion loyihalarni boshqarishda qiymatga yoʻnaltirilgan menejment konsepsiyasini joriy etishning ilmiy-uslubiy asoslari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida qiymat drayverlari, diskontlangan pul oqimi, sof joriy qiymat, ichki rentabellik normasi hamda iqtisodiy qoʻshilgan qiymat koʻrsatkichlarining investitsion qarorlar qabul qilishdagi oʻrni qiyosiy baholandi. Olingan natijalar qiymatga yoʻnaltirilgan yondashuv investitsiya resurslaridan samarali foydalanish, kapital samaradorligini oshirish, yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish va korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qilganini koʻrsatdi. Toʻqimachilik sanoati sharoitiga moslashtirilgan ilmiy-uslubiy model ishlab chiqildi va uning amaliy ahamiyati asoslab berildi.
toʻqimachilik sanoati, investitsion loyihalar, qiymatga yoʻnaltirilgan menejment, iqtisodiy qoʻshilgan qiymat, NPV, IRR, kapital samaradorligi, investitsiyalar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.