Marketing 7-san (2026)
BOLALAR VA OʻSMIRLAR TURIZMI RIVOJLANISHIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH VA USTUVOR RIVOJLANTIRISH YOʻNALISHLARI
Islamova Dilrabo Salomovna
Annotaciya
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar turizmi rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar ekonometrik yondashuv va empirik tadqiqotlar asosida baholandi. Tadqiqotda respondentlar soʻrovi natijalari hamda konseptual koʻp omilli model yordamida infratuzilma, xizmatlar sifati, transport-logistika, xavfsizlik, raqamli xizmatlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash omillarining ustuvorligi aniqlandi. Olingan natijalar asosida bolalar va oʻsmirlar turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqildi hamda ustuvor rivojlantirish yoʻnalishlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Tadqiqot natijalari boshqaruv qarorlarini takomillashtirish, institutsional hamkorlikni kuchaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va bolalar hamda oʻsmirlar turizmining barqaror rivojlanishini taʼminlashga xizmat qilganini koʻrsatdi.
bolalar turizmi, oʻsmirlar turizmi, ekonometrik baholash, determinantlar, turizm infratuzilmasi, respondentlar soʻrovi, barqaror turizm, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.