Marketing № 7 (2026)
OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TAʼLIM SIFATI NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA RAQAMLI AUDIT MEXANIZMLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Abduganiyeva Mavjuda Asatullayevna
Аннотатсия
Mazkur maqolada oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati nazoratini amalga oshirishda raqamli audit mexanizmlaridan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari yoritildi. Tadqiqotda ichki sifat kafolati, audit metodologiyasi hamda taʼlim analitikasi yondashuvlari oʻzaro uygʻunlikda tahlil qilindi. Raqamli auditning bosqichli modeli ishlab chiqildi, maʼlumotlar butunligi, uzluksiz monitoring, toʻliq qamrovli tahlil va vizual boshqaruv vositalarining oʻzaro bogʻliqligi asoslab berildi. Olingan natijalar taʼlim sifati nazoratining ishonchliligini oshirish, boshqaruv qarorlarini dalillarga asoslash, audit jarayonlarini avtomatlashtirish hamda oliy taʼlim tizimida raqamli transformatsiyani samarali qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilganini koʻrsatdi.
taʼlim sifati, raqamli audit, ichki sifat kafolati, taʼlim analitikasi, maʼlumotlar butunligi, uzluksiz monitoring, oliy taʼlim, boshqaruv qarorlari.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.