Marketing Issue 7 (2026)
MINTAQA XALQARO SAVDOSIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLARNING EKONOMETRIK MODELINI SHAKLLANTIRISH
Masharipova Manzura Alimbayevna
Abstract
Mazkur maqolada mintaqa xalqaro savdosiga taʼsir etuvchi omillarning ekonometrik modelini shakllantirishning nazariy va uslubiy asoslari ilmiy jihatdan ishlab chiqildi. Tadqiqotda strukturaviy gravitatsiya modeli, Puasson psevdo-maksimal ishonchlilik usuli hamda panel maʼlumotlar yondashuvlari asosida savdo oqimlariga taʼsir qiluvchi iqtisodiy, logistika va institutsional omillar tizimli ravishda tahlil qilindi. Hududlar kesimidagi tashqi savdo salohiyatini baholash, savdo oqimlarini prognozlash va eksport imkoniyatlarini aniqlash boʻyicha amaliy yondashuv taklif etildi. Olingan natijalar hududiy savdo siyosatini takomillashtirish, iqtisodiy qarorlar sifatini oshirish hamda eksport salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlarini koʻrsatdi. Taklif etilgan model amaliy tahlillar uchun ishonchli ilmiy asos yaratdi.
xalqaro savdo, gravitatsiya modeli, ekonometrik model, PPML, panel maʼlumotlar, eksport salohiyati, logistika, institutsional omillar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.