Marketing 7-нөмір (2026) · 341-351-беттер
QISHLOQ XOʻJALIGIDA SERKULYAR IQTISODIYOT MODELINI QOʻLLASH IMKONIYATLARI
Murodullaeva Fotima Baxtiyor qizi
Аңдатпа
Maqolada qishloq xoʻjaligida sirkulyar iqtisodiyot modelini qoʻllashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarining qishloq xoʻjaligida resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda qoʻshimcha iqtisodiy qiymat yaratishdagi oʻrni yoritilgan. Xalqaro tajriba asosida Oʻzbekistonda sirkulyar iqtisodiyot modelini joriy etish imkoniyatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishning ustuvor yoʻnalishlari baholangan. Tadqiqot natijalariga koʻra, qishloq xoʻjaligida sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda ekologik xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilishi asoslangan.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.